date

Kongress Trampning Epshteynga yozgan pochta kartochkasini ochiqladi

Kongress Trampning Epshteynga yozgan pochta kartochkasini ochiqladi
8 sentyabr, dushanba kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi Demokratik partiya vakillari jamoatchilikka qiziqarli hujjatni taqdim etishdi. Ularga ko‘ra, hujjat bugungi kungacha siyosiy maydonda tortishuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan moliyachi Jeffri Epshteynga yo‘llangan pochta kartochkasi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu pochta kartochkasini o‘tgan asrning oxiri yoki yigirma yildan ko‘proq vaqt avval AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Epshteynga yuborilgani da’vo qilinmoqda. Demokratlar bu hujjatni e’lon qilib, uning mazmuniga jiddiy e’tibor qaratdilar.

"Biz qo‘limizga Tramp tomonidan Epshteynga tug‘ilgan kuni munosabati bilan yo‘llangan xatni oldik. Prezident esa bunday xat umuman yo‘qligini aytgan edi. Ammo pochta kartochkasida ularning “ajoyib sir” haqida yozishganini ko‘rish mumkin. Tramp nima sirni yashirmoqda? Epshteyn ishi yuzasidan barcha hujjatlarni ochiqlasin", — deya izoh berdi demokratlar o‘z bayonotlarida.

E’lon qilingan pochta kartochkasida ayol tanasining sxematik tasviri aks etgan bo‘lib, uning ustida «Jeffri» va «Donald» o‘rtasidagi turli ifoda va so‘zlar yozilgan. Kartochka oxirida esa shunday ibora qayd etilgan: «Tug‘ilgan kuningiz bilan — va har kuningiz yangi ajoyib sirlar bilan to‘lsin».

Siyosatchilar fikricha, mazkur hujjatning oshkor qilinishi Tramp va Epshteyn o‘rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritishi mumkin. Chunki bu ikki shaxs haqidagi tortishuvli xabarlar bir necha yildan beri AQSH jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalarida qizg‘in muhokama qilinib kelmoqda.

Tahlilchilar esa demokratlarning bu qadamini siyosiy jarayonlardagi navbatdagi bosim sifatida baholashmoqda. Ularga ko‘ra, pochta kartochkasining e’lon qilinishi ortidan yana yangi savollar paydo bo‘ladi va ularning aksariyati jamoatchilik tomonidan javob talab qiladi.

AQSH Kongressida e’lon qilingan mazkur pochta kartochkasi siyosiy maydonda yana bir bor qizg‘in bahslarga olib keldi. Tramp va Epshteyn o‘rtasidagi «sirli munosabatlar» haqidagi tortishuvlar yana avj olishi mumkin. Demokratlar esa bu hujjatni qo‘lga kiritish orqali yangi siyosiy kurash vositasiga ega bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kongress Trampning Epshteynga yozgan pochta kartochkasini ochiqladi