Ukraina hukumati 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berdi. Prezident Volodimir Zelenskiy bu qarorni e’lon qilib, yoshlar xohlasa, hech qanday to‘siqsiz qaytib kelishi ham mumkinligini aytdi.
Rossiya bosqini boshlanganidan beri 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga chegaradan chiqishga taqiq qo‘yilgandi. Endi esa 22 yoshgacha bo‘lganlarga bu cheklov olib tashlandi. Shu sababli ko‘plab yigitlar Yevropa davlatlariga chiqib ketishga harakat qilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu qaror mamlakatdagi aholi kamayishi va harbiy kuchlar yetishmovchiligi sharoitida qabul qilingan. Urush va past tug‘ilish darajasi sabab Ukraina aholisi 10 million kishiga qisqargani aytilmoqda.
Ammo yoshlarning qarashlari turlicha: kimdir xavfsizlik va kelajakni o‘ylab ketishni istasa, boshqalar esa Vatanida qolib, uni himoya qilishni o‘z burchi deb bilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!