
Anqaradagi zamonaviy san’at galereyasida Rossiya elchisi Andrey Karlovning otib tashlanishi terakt sifatida baholandi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
U elchining shifoxonada o‘qotar quroldan olingan jarohatlar tufayli jon berganini tasdiqladi.
Ro‘y bergan hodisa haqida mamlakat prezidenti Vladimir Putin xabardor qilingan.
"Prezidentga Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga uyushtirilgan hujum haqida ma’lumot etkazildi. Ma’lumot tekshirilmoqda, prezident TIV hamda maxsus xizmatlar hisobotini tinglaydi", degan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bundan oldinroq, qotil voqea joyida yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.
Hürriyet nashrining yozishicha, qotil o‘z harakatlarini Suriyadagi xunrezliklarga javob sifatida ma’lum qilgan.
Qotillik videosi mahalliy telekanallardan biri kamerasiga muhrlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar