Afg‘onistonda yana bir aviahalokat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon” hukumatining kon va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy hamda G‘ur viloyati hokimi Hayyatulloh Muborakni olib ketayotgan vertolyot G‘ur viloyati hududida qulagan. Ularning safari konlarni ko‘zdan kechirish va shaxsiy nazorat qilish maqsadida amalga oshirilayotgani aytiladi.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Vertolyot qiyin tog‘li hududda nazoratni yo‘qotib, tog‘ga borib urilgan. Biroq omad yuz ko‘rsatdi — yo‘lovchilarning birortasi halok bo‘lmagan.
Ayrim mahalliy manbalarning xabar berishicha, uchta uchuvchi va ikki nafar ekipaj a’zosi turli darajadagi jarohatlar olgan. Shu bilan birga, vazir va hokimning salomatligi yaxshi ekani va ular jiddiy shikastlanmagani ta’kidlanmoqda.
Hodisadan so‘ng ayni hududga qutqaruvchi guruhlar va tibbiy yordam xizmatlari yo‘llangan. Jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgani ma’lum qilindi. Vertolyot esa jiddiy zarar ko‘rgan.
Afg‘onistonda nosozlik sabab vazir mingan vertolyot quladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar