Latviya hukumati mamlakat xavfsizligi yo‘lida yangi choralarni amalga oshirishga kirishdi. 11 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab, Rossiya va Belarus tomonlariga qarashli sharqiy chegarasi bo‘ylab havo hududi vaqtincha yopilishi e’lon qilindi. Bu to‘siq kamida 18 sentyabrga qadar amal qiladi.
Mahalliy OAVlar ma’lum qilishicha, ushbu qaror Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds tashabbusi bilan qabul qilingan. Uning ta’kidlashicha, hozircha Rossiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid yo‘q, ammo Polsha havo hududiga dronlarning noqonuniy kirishi bilan bog‘liq vaziyat ushbu profilaktik choralarni ko‘rishga undagan.
Shu bilan birga, Latviya parlamenti — Seym ham muhim masalani muhokama qilmoqda. Ya’ni, Rossiya va Belarus hududlarida «G‘arb–2025» nomli yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu ikki davlat bilan chegaralarni to‘liq yopib qo‘yish masalasi kun tartibiga olingan.
Ekspertlar ta’kidlashicha, Latviyaning bunday qarorlari NATOning Sharqiy Yevropada xavfsizlik siyosati bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, mintaqadagi keskinlik va dronlar bilan bog‘liq mojarolar ko‘payib borayotgan bir paytda havo makonini yopish ehtiyot chorasi sifatida qabul qilinmoqda.
Latviya rasmiylari bu choralar faqat vaqtinchalik ekanini va mamlakat xavfsizligi kafolatlangandan so‘ng, havo makoni yana ochilishini ta’kidlamoqda.
Latviya Rossiya va Belarus uchun havo hududini yopdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar