date

Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi

Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi
Rossiya va Belarus juma kuni “Zapad-2025” nomli harbiy mashg‘ulotni boshladi. U ikki davlat hududida, shuningdek, Boltiq va Barens dengizlarida o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlarda hujumni qaytarish va hududni himoya qilish ssenariylari mashq qilinadi. Unda Rossiya va Belarus bilan birga boshqa hamkor davlatlar qo‘shinlari ham qatnashadi.

Bu mashqlar Polsha havo hududida Rossiyaga tegishli deb gumon qilingan dron urib tushirilganidan ikki kun o‘tib boshlandi. Moskva bunga aloqasi yo‘qligini aytgan, G‘arb esa buni provokatsiya deb baholagan.

Polsha bosh vaziri mashg‘ulotlarni xavfli deb atab, Belarus bilan chegarani yopdi. Litva va Latviya ham o‘z chegaralarida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi