date

Tataristonda bir qiz internet layk uchun uyini yoqdi

Tataristonda bir qiz internet layk uchun uyini yoqdi

Tatariston Respublikasida 19 yoshli qiz internetda mashhurlik va layk to‘plash istagi uchun ota-onasining kvartirasini yoqib yubordi. Bu haqda mahalliy nashrlar ma’lum qilmoqda.

Hodisa Bugulma shahrida sodir bo‘lgan. Qiz “trend video” suratga olish niyatda bo‘lib, ota-onasining yotoqxonasidagi karavotga qasddan o‘t qo‘ygan. Qisqa vaqt ichida yong‘in xonani to‘la qamrab oldi va tez tarqaldi.

Shundan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar favqulodda tezkorlik bilan voqea joyiga yetib keldi va yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha muvaffaqiyatli harakat qildi. Hodisa oqibatida qizning astma bilan og‘rigan qo‘shnisi tutunni nafaslab, jarohatlandi va tibbiy ko‘rikka olindi.

Qiz avval otasini internet-router sabab bo‘lgani haqida aldashga harakat qilgan, ammo ota bu gapga ishonmagan. Keyinchalik, uning telefonidan o‘t qo‘yish bilan bog‘liq video topilgan va bu voqeaning haqiqiy sababini oshkor qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tataristonda bir qiz internet layk uchun uyini yoqdi