19:08 / 20.12.2016
7 448

Germaniya urush holatida ekanligi ma’lum qilindi

Germaniya urush holatida ekanligi ma’lum qilindi

Germaniyaning Saar eri ichki ishlar vaziri Klaus Buyon ma’lum qildiki, mamlakat urush holatida turibdi.

«Biz shuni tan olishimiz kerakki, urush holatidamiz, ba’zilar esa buni sezishmayapti», — deya Buyonning so‘zlarini keltirgan "Kun.uz" nashri.

19 dekabr kuni Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasiga chiqqan kishilar ustiga yurib borishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohatlari oldi.

Germaniya IIV Berlindagi hodisani terakt sifatida tan oldi.

20 dekabr kuni esa Gessen eridagi Visbaden shahrida otishma ro‘y berdi va bir kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlandi. O‘q uzgan shaxs qidirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya urush holatida ekanligi ma’lum qilindi