Og‘ir kasal va jarohatlangan bir guruh falastinlik bolalar G‘azodan evakuatsiya qilindi. Ular yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaga yetib kelib, shifoxonalarda davolanadi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Yvette Kuper bolalarning olib chiqilganini tasdiqladi. Dastlabki guruhda 30–50 bola borligi aytilmoqda. Zarur hollarda ularga oila a’zolari hamrohlik qiladi.
Kuper bu jarayon katta diplomatik ishlarni talab qilganini aytdi. U, shuningdek, Britaniyada o‘qishga kirgan talabalarni ham evakuatsiya qilish ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.
G‘azoda esa bombardimonlar davom etmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan, yuzlab fuqarolar esa ochlik va oziq-ovqat tanqisligidan vafot etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar