date

Yevropada 2027-yildan kafe va barlarda chekishga qat’iy taqiq qo‘yiladi

Yevropada 2027-yildan kafe va barlarda chekishga qat’iy taqiq qo‘yiladi

Yevropaning turli yirik shaharlari mahalliy hokimiyatlari yangi cheklovlarni joriy etishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Azertadj.

Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab kafe, bar va restoranlarning ochiq terassalarida chekish hamda elektron sigaretalardan foydalanish mutlaqo man etiladi. Bu cheklov nafaqat oddiy sigaretalarga, balki elektron sigaretalar, veyplar va kalyanlarga ham tatbiq etiladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, taqiq ayrim muassasalarda, aeroportlarda yoki maxsus sigar klublarida faoliyat ko‘rsatayotgan chekish xonalariga ham taalluqli bo‘ladi. Shu tariqa, umumiy ovqatlanish maskanlari va jamoat joylari tamaki mahsulotlaridan butunlay xoli bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Munitsipal qaror rasmiy ravishda seshanba kuni e’lon qilindi. Mazkur tashabbus Yevropa Komissiyasining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan choralar to‘plamiga kiritilgan. Restoran va bar egalariga o‘z faoliyatini moslashtirish uchun taxminan bir yarim yil vaqt beriladi.

Qoidalarga ko‘ra, 2027-yil yanvaridan boshlab restoran, bar yoki kafelardan 10 metr atrofda ham chekish taqiqlanadi. Agar taqiq kuchga kirgandan keyin ham mijozlarga kuldon taqdim etilsa, muassasa egalari jarimaga tortilsa, qoidalarni buzgan tashrif buyuruvchilar ham javobgarlikka tortiladi.

Shuningdek, hujjatda mahalliy hokimiyat organlari festivallar, yarmarkalar va ommaviy tadbirlar paytida ham chekishni cheklash uchun qo‘shimcha choralar ishlab chiqishi shartligi qayd etilgan.

Biroq restaratorlar uyushmasi yangi taqiqlar iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, cheklovlar chekuvchilar sonini kamaytirmaydi, balki ularni ko‘chada chekishga majbur etadi. Bu esa aholi uchun noqulaylik tug‘dirishi va muassasa xodimlarining nazoratini qiyinlashtirishi mumkin.

Avvalroq Yevropa Komissiyasi ushbu taqiqni 2026-yilda joriy qilish taklifini bergan edi, ammo sohada tayyorgarlik ishlariga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida muddat bir yilga kechiktirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada 2027-yildan kafe va barlarda chekishga qat’iy taqiq qo‘yiladi