date

Britaniya Falastinni davlat sifatida tan olishi mumkin

Britaniya Falastinni davlat sifatida tan olishi mumkin

The Times ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya yaqin vaqt ichida Falastinni mustaqil davlat sifatida e’tirof etishga tayyorlanmoqda. Ammo bu qaror Donald Trampning qirollikka tashrifi yakunlanganidan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, bosh vazir masalani AQSH prezidenti mamlakatni tark etgunga qadar kechiktirishga qaror qilgan. Bu qadam Starmerning 18 sentyabr kuniga belgilangan qo‘shma matbuot anjumanida mavzunung asosiy bahsga aylanib ketishidan xavotirlangani bilan izohlanmoqda.

Reuters xabariga ko‘ra, Vashington Falastinni rasmiy tan olishga keskin qarshi. Londonning bunday qadami ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni sovutishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Britaniya o‘z qarorini BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda boshlanadigan sessiyasi oldidan e’lon qilishi kutilmoqda. Shu yig‘ilishda Fransiya, Kanada va Avstraliya ham Falastinni davlat sifatida e’tirof etishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Falastinni davlat sifatida tan olishi mumkin