date

Xitoyda uchar elektromobillar havoda to‘qnashib yonib ketdi (video)

Xitoyda uchar elektromobillar havoda to‘qnashib yonib ketdi (video)

Xitoyning mashhur startapi hisoblangan Xpeng Aeroht kompaniyasiga tegishli ikki uchar elektromobil 16-sentyabr kuni havoda yuzma-yuz to‘qnashib ketdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa Chanchun shahrida tashkil etilgan aviashoular mashq jarayonida sodir bo‘lgan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, uchar vositalardan biri boshqasiga ortiqcha yaqin kelib qolgan va natijada to‘qnashuv yuz bergan.

Vertikal qo‘nish vaqtida transportlardan biri butunlay yong‘inga cho‘mib ketgan. Qizig‘i, voqea “XXI asr yo‘l-transport hodisasi” sifatida ta’riflanmoqda. Omadli tomoni, hodisa davomida hech kim og‘ir jarohat olmagan.

Kompaniya rasmiylari ayni vaqtda to‘qnashuv sabablarini aniqlash maqsadida maxsus tekshiruv ishini boshlab yuborishgan.

Bu holat Xpeng Aeroht uchun jiddiy sinovga aylandi. Chunki kompaniya 2026-yildan boshlab uchar elektromobillarni katta miqyosda ishlab chiqarish rejasini oldinga qo‘ygan edi. Hozirda ularning asosiy loyihasi — “Land Aircraft Carrier” nomli model oldindan buyurtma qilish uchun ochiq bo‘lib, uning narxi taxminan 321 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Shunday qilib, Chanchunda yuz bergan to‘qnashuv nafaqat uchar texnologiya xavfsizligi, balki butun tarmoqning kelajagi haqida ham savollar uyg‘otdi. Mutaxassislar bunday holatlar kelgusida ommaviy ishlab chiqarish rejalariga qanday ta’sir qilishini sinchiklab kuzatishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda uchar elektromobillar havoda to‘qnashib yonib ketdi (video)