Indoneziya hududida yana bir marotaba tabiiy ofat kuzatildi. Yevropa–O‘rtayer dengizi seysmologik markazi (EMSC) tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda 6,1 magnitudali kuchli zilzila ro‘y berdi.
Markaz xabariga ko‘ra, yer qimirlashining epitsentri Nabire shahridan taxminan 28 kilometr janubi–sharqda joylashgan. Mazkur shaharda taxminan 43 ming 800 nafar aholi istiqomat qiladi. Seysmologlarning qayd etishicha, zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatida zarar ko‘rganlar yoki qurbonlar haqida rasmiy axborot berilmagan. Shu bilan birga, mahalliy aholi kuchli silkinishni sezgani va ayrimlar uylarini tashlab, xavfsizroq joylarga chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Indoneziya seysmik faol hudud sifatida doimiy ravishda turli darajadagi yer qimirlashlariga duch keladi. Shu bois, mutaxassislar aholini ehtiyotkorlik choralariga amal qilishga va hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirmoqda.
Indoneziyada kuchli zilzila: 6,1 magnitudadagi silkinish qayd etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar