Kuni kecha Yaponiyadan chiqqan 11 nafar tadqiqotchi biologiya yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar tarqatdi "Kuodo" nashri.
Bostonda o‘tkazilgan tantanali marosimda qayd etilishicha, 19 yildirki, har yili kamida bir yapon olimining nomzodi nufuzli mukofot bilan e’tirof etilib kelinmoqda. 1991 yildan beri an’anaviy ravishda berib kelinayotgan bu mukofotlarni “Annals of Improbable Research” ilmiy hazil jurnali taqdim etadi. Uning asosiy maqsadi – “avval odamlarni kuldirib, keyin o‘ylantirib qo‘yadigan” tadqiqotlarni alohida sharaflashdir.
Yapon olimlarining 2019 yilda e’lon qilingan tadqiqotiga ko‘ra, qoramollarning tanasiga zebra kabi oq-qora chiziqlar chizish orqali ularni chivin hujumidan himoya qilish mumkin. Bu usul chorvachilik sohasida katta iqtisodiy zararlarni kamaytiradi, mollarning sog‘lom o‘tlashi va jarohatlanishining oldini oladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, faqat AQSHning o‘zida chorvachilikda chivinlarga qarshi kurashish uchun yiliga taxminan 2,2 milliard dollar mablag‘ sarflanadi. Yapon tadqiqotchilari tajriba orqali chiziqlar bilan bo‘yalgan sigirlar oddiy mollarga nisbatan 50 foizga kamroq chivinlardan aziyat chekishini ko‘rsatishdi.
Yapon olimlari qoramollarni zebraga o‘xshatib bo‘yab, mukofot oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar