Tolibon hukumati Afg‘onistondagi universitetlarda ayollar yozgan kitoblarni o‘qitishni taqiqladi. Shuningdek, inson huquqlari va jinsiy zo‘ravonlikka oid fanlar ham dasturdan olib tashlandi. Rasmiylarga ko‘ra, 680 kitob orasida 140 tasi ayollar muallifligida.
Qarorga muvofiq, universitetlarda 18 ta fan o‘qitilmaydi. Ularning oltitasi bevosita ayollar mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, “Gender va rivojlanish” hamda “Ayollar sotsiologiyasi” kabi fanlar ham taqiqlangan.
Shuningdek, eronlik mualliflar yoki Eron nashriyotlari tomonidan chop etilgan kitoblar ham taqiqlangan. Mutaxassislar bu qaror oliy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Tolibonning bu qarori oxirgi yillarda ayollar ta’limiga qo‘yilgan cheklovlarning davomidir. Ayollar maktab va oliy ta’limdan chetlatilganidan so‘ng, endi ularning ilmiy ishlari ham man etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!