date

Tramp ma’muriyati 300 ming venesuelalikni deportatsiya qilishni ko‘zlayapti

Tramp ma’muriyati 300 ming venesuelalikni deportatsiya qilishni ko‘zlayapti
Tramp ma’muriyati juma kuni AQSH Oliy sudiga murojaat qilib, mamlakatda yashab kelayotgan taxminan 300 ming venesuelalik muhojirga berilgan deportatsiyadan himoya maqomini bekor qilishni talab qildi. Ular qarorni o‘zgartirgan quyi sudni “asossiz hurmatsizlik”da aybladi.

Mazkur ish AQSH Ichki xavfsizlik kotibi Kristi Noyem tomonidan yil boshida qabul qilingan qaror bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra venesuelalik muhojirlar uchun gumonitar yordam sifatida berilgan vaqtinchalik himoya maqomi (TPS) tugatilishi belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, TPS maqomi qochqinlar va turli sabablarga ko‘ra o‘z yurtiga qayta olmaydigan shaxslarga vaqtinchalik qonuniy yashash huquqini bergan edi. Venesueladan kelgan yuz minglab muhojirlar aynan shu maqom orqali AQSHda yashab, ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishgan.

Tramp ma’muriyatining bu talabi muhojirlar orasida katta xavotir uyg‘otdi. Mutaxassislar fikricha, agar Oliy sud qarorni qo‘llab-quvvatlasa, yuz minglab odamlar o‘z vatanlariga qaytishga majbur bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ma’muriyati 300 ming venesuelalikni deportatsiya qilishni ko‘zlayapti