AQShning Texas va Kaliforniya shtatlari toza energiya ishlab chiqarishda oldinga chiqdi. 2025-yil boshidan buyon bu ikki hududda ishlab chiqarish o‘tgan yilga qaraganda 10 foizga ko‘paydi.
Kaliforniyada elektrning qariyb 74 foizi, Texasda esa 46 foizi quyosh va shamol kabi manbalardan olinmoqda. Bu ko‘rsatkich boshqa shtatlarga qaraganda ancha yuqori.
Umuman olganda, ikki shtat 10 million megavatt-soatdan ortiq toza energiya ishlab chiqardi. Bu AQShdagi umumiy hajmning beshdan bir qismini tashkil etadi.
Mutaxassislar fikricha, Texas va Kaliforniya yangi texnologiyalarni joriy etishda ham yetakchi bo‘lib bormoqda. Boshqa shtatlar esa bu jarayonda ortda qolish xavfi ostida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar