date

Dunyoda erkak va ayollar nisbatida kutilmagan tafovutlar ochiqlandi

Dunyoda erkak va ayollar nisbatida kutilmagan tafovutlar ochiqlandi

Yaqinda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning aholisi eng ko‘p bo‘lgan 20 mamlakatida erkak va ayollar sonining taqsimoti turlicha. Qizig‘i shundaki, ularning 9 tasida erkaklar soni ustun bo‘lsa, yana 9 tasida ayollar ko‘proq. Qolgan ikki davlatda esa mutanosiblik saqlangan.

Hindistonda erkaklar soni keskin ustunlikka ega. U yerda aholining 55,8 foizi erkaklardan iborat. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakat reytingda birinchi o‘rinni egallaydi. Keyingi pog‘onada esa Misr joylashgan — unda erkaklar ulushi 55,3 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, ayrim davlatlarda ayollar soni sezilarli darajada ko‘proq. Rossiya misolida bu tafovut yaqqol ko‘zga tashlanadi: bu yerda ayollar umumiy aholining 63 foizini tashkil qilib, erkaklardan 13 foizga ko‘p. Yaponiyada ham vaziyat shunga o‘xshash — mamlakat aholisining 55,5 foizi ayollardir.

Qizig‘i, Indoneziya va Kongo kabi ikki katta davlatda mutanosiblik saqlangan. U yerda aholi teng taqsimlangan bo‘lib, erkak va ayollar ulushi bir xil — 50 foizdan.

Mazkur tahlil dunyo aholisining gender tarkibi turli qit’alarda qanday farq qilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu esa demografiya, mehnat bozori, oilaviy hayot va ijtimoiy siyosatga ham ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.

O‘zbekistonga to‘xtaladigan bo‘lsak, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga mamlakatda doimiy aholi soni 37,7 million kishini tashkil etdi. Shu jumladan:


  • Ayollar soni — 18 mln 714,9 ming kishi,



  • Erkaklar soni — 18 mln 982,9 ming kishi.


Shundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda erkak va ayollar soni deyarli mutanosib bo‘lib, jamiyatda tabiiy muvozanat saqlanib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda erkak va ayollar nisbatida kutilmagan tafovutlar ochiqlandi