date

Italiya sun’iy intellekt sohasiga to‘liq qonun joriy qildi

Italiya sun’iy intellekt sohasiga to‘liq qonun joriy qildi

Italiya parlamenti sun’iy intellektni tartibga soluvchi keng qamrovli qonunni qabul qildi. Bu hujjat inson manfaati, shaffoflik va xavfsizlik mezonlarini markazga qo‘yadi, deb xabar berdi theguardian.com. Qonun ayniqsa dipfeyklar va AI orqali firibgarlikka qarshi qattiq javobgarlik choralarini belgilaydi: ayrim hollarda bir yildan besh yilgacha ozodlikdan maxrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.

Yangi me’yorlar mehnat bozori, tibbiyot va ta’limda AIdan foydalanishni aniq qoidalar asosida yo‘lga qo‘yadi; 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga platformaga kirishda ota-ona roziligi talab etiladi. Davlat organlari hisobdorligi kuchaytirilib, bozor nazorati va kiberxavfsizlikning izchil monitoringi ta’minlanadi. Shu bilan birga, innovatsiyalar uchun sarmoyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ham ochilmoqda — startaplar va telekom loyihalariga venchur mablag‘lari ajratiladi.

Mutahassislar bu qadamni Yevropa miqyosidagi AI siyosatini amaliy bosqichga olib kirish deb baholayapti: aniq taymlayn, jazo normalari va tartibga solish organlari vakolati yozma ravishda belgilab qo‘yildi. Ayrim tanqidchilar esa sarmoya hajmi global raqobat uchun yetarli emasligini urg‘ulamoqda. Lekin asosiy nuqta o‘zgarmas: xavf-foyda muvozanati endilikda qonun bilan aniq tarozida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya sun’iy intellekt sohasiga to‘liq qonun joriy qildi