date

Filippinda korrupsiyaga qarshi isyon avj oldi

Filippinda korrupsiyaga qarshi isyon avj oldi
Filippinda keng ko‘lamli norozilik harakatlari tobora kuchayib, yirik to‘qnashuvlarga aylandi. Shov-shuvga sabab bo‘lgan korrupsiya janjali minglab odamlarni ko‘chalarga olib chiqdi. Ular hukumat idoralari oldida to‘planib, binolarni vayron qilishgacha kirishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘fon va suv toshqinlaridan jabrlangan aholiga ajratilgan katta mablag‘lar manziliga yetmagan. Oqibatda esa halokatli tabiiy ofatning izlarini bartaraf etish ishlari umuman amalga oshirilmagan, mablag‘lar esa g‘oyib bo‘lgan. Bu holat talabalar va keng jamoatchilikni qattiq g‘azablantirdi.

Namoyishlar bir muddatdan so‘ng keskin to‘qnashuvlarga aylandi. Olomon yo‘llarda mashina shinalarini yoqdi, qo‘liga tushgan tosh va shishalarni politsiyaga qarshi ishlatdi. Hodisalar davomida 40 ga yaqin tartib saqlovchi jarohat oldi, 17 kishi esa hibsga olindi.

The Guardian tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, davlat budjeti hisobidan 17,6 milliard dollar yo‘qolgani aniqlangan. Shu bilan birga, moliya vaziri avvalroq davlat infratuzilma mablag‘larining qariyb 70 foizi korrupsiya yo‘li bilan yo‘qotilayotgani haqida ochiq bayonot bergan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda korrupsiyaga qarshi isyon avj oldi