AQSHda 38-yil begunoh qamalgan kishiga 25 million tovon to‘lanadi

AQSHda 38-yil begunoh qamalgan kishiga 25 million tovon to‘lanadi
Qisqacha

Moris Xestings AQSHda 38-yil nohaq qamoqda saqlangani uchun davlatdan 25 million dollar kompensatsiya oladi. U 1983-yilda Roberta Vidermayerni zo'rlash va otib o'ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq 2021-yilda DNK tahlili uning aybsizligini isbotlagan. Tekshiruv jinoyatni 1983-yilda o'xshash jinoyat tufayli qo'lga olingan va 2020-yilda qamoqxonada vafot etgan Kennet Paknett sodir etganini ko'rsatdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 38-yil davomida nohaq ravishda qamoqda saqlangan Moris Xestingsga davlat tomonidan 25 million dollar kompensatsiya to‘lanadi. Bu summa shtat tarixidagi eng katta tovon sifatida qayd etildi.

Xestings 1983-yilda Roberta Vidermayerni zo‘rlash va otib o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ammo 2021-yilda ish qayta ko‘rib chiqildi va DNK tahlili natijalari uning aybsizligini isbotladi.

Tekshiruv haqiqiy jinoyatchi — 1983-yilda o‘xshash jinoyat tufayli qo‘lga olingan va 2020-yilda qamoqxonada vafot etgan Kennet Paknettga ishora qildi.

Ozodlikka chiqqan Xestings jurnalistlarga: “Hayotimning 38-yili o‘g‘irlandi. Hech qanday pul ularni qaytarmaydi, ammo bu tovon uzoq azobli yo‘lning yakunini anglatadi”, — dedi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar