date

Qirg‘izistonda 24 mansabdor kontrabandada gumonlanib qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda 24 mansabdor kontrabandada gumonlanib qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda bir kunda 24 nafar mansabdor shaxs hibsga olindi, deb @Sputnik_Kyrgyzstan xabar berdi. Ularga nisbatan kontrabandaga aloqadorlik bo‘yicha gumonlar mavjud.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ushbu shaxslarni yig‘ilish bo‘layotgan xonaning o‘zida hibsga olishni buyurgan.

Qo‘lga olinganlar orasida Transport vazirligi, Fitosanitariya xizmati, Soliq qo‘mitasi va chegara xizmati xodimlari bor. Ular "Chaldovar" nazorat-o‘tkazish punktda kontrabanda sxemalariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda 24 mansabdor kontrabandada gumonlanib qo‘lga olindi