Shimoliy Koreyada fuqarolarning bir-biriga sevgi izhor qilingan maktublar yozishini qat’iy ravishda man etishdi. Rasmiylar bu amaliyotni “kapitalistik buzuq turmush tarzi” sifatida baholab, qattiq qoraladi.
Metro nashri yozishicha, Hamhun shahridagi bir fabrikada yuz bergan voqea mamlakat miqyosida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yoshlar tashkiloti vakillari o‘tkazgan tekshiruv paytida sevgi maktubi topilgan. Unda “Men seni yaxshi ko‘raman” va “Faqat sen haqingda o‘ylayman” kabi jumlalar yozilgani ma’lum qilindi.
Mazkur holatdan so‘ng maktub muallifi jamoat oldida “axloqan buzuq” sifatida qattiq tanqid qilindi. U hamkasblari oldida o‘z qilmishini tan olib, ochiqcha pushaymonlik bildirishga majbur etildi.
Guvohlarning aytishicha, fabrikadagi boshqa ishchilar ham bu jarayonni majburan kuzatishga to‘g‘ri kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!