BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) Bosh komissari Filipp Lazzarini G‘azo sektoridagi fojeaviy vaziyat haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, 2023-yil 7-oktyabrdan boshlangan Isroilning harbiy amaliyotlari davomida bir yil ichida 4000 bolaga qo‘l yoki oyoq kesish amaliyoti o‘tkazilgan.
Lazzarini ta’rificha, G‘azo dunyoda bolalar soni juda yuqori bo‘lgan hududlardan biri. Har kuni yuzlab nordon bolalar hayotdan ko‘z yummoqda yoki og‘ir jarohat olib, nogironlikka uchrayapti. Bu esa butun avlod taqdiriga katta zarba bermoqda.
U o‘z murojaatida quyidagicha fikr bildirdi:
“Bu vaziyat qanchalik uzoq davom etsa, bolalar va kelajak avlod uchun qoladigan ruhiy va jismoniy zarar shunchalik og‘ir bo‘ladi. Hech bo‘lmasa bolalar uchun o‘t ochishni darhol to‘xtatish shart.”
Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon G‘azo hududidagi hujumlar natijasida 65 ming 419 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Jon berishganlar orasida asosiy qismni ayollar va bolalar tashkil etadi. Shu bilan birga, 167 ming 160 kishi turli darajada jarohatlangani qayd etilgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur raqamlar faqatgina tibbiy va rasmiy hisobotlarda qayd etilganlar bo‘lib, aslida yo‘qotishlar va zarar ko‘rganlar soni yanada ko‘p bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!