Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda “atayin salbiy kayfiyat uyg‘otuvchi” postlar va fikrlar taqiqlanishi haqida ma’lum qilindi. Bu haqda Reuters agentligi yozdi.
Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan ikki oylik maxsus kampaniya boshlandi. Uning doirasida ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videoplatformalar, striming xizmatlari hamda izohlar bo‘limi kuchaytirilgan nazorat ostida bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reja nafaqat yolg‘on xabarlar yoki zo‘ravonlikka chaqiruvchi materiallarga qarshi qaratilgan, balki “orttiqcha pessimizm”, umidsizlikka chorlovchi postlar, o‘zini kamsituvchi bayonotlar va sun’iy intellekt orqali yaratilgan zo‘ravonlik sahnalari ham taqiqlanadi.
Bunday kontent tarqatgan platformalar yoki shaxslar jazoga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu ilk tashabbus emas — Pekin 2021 yildan buyon shunga o‘xshash kamida besh marta kampaniya boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!