date

Amerika qiruvchilari Alyaska osmonida

Amerika qiruvchilari Alyaska osmonida

AQSH qiruvchi samolyotlari Alyaska yaqinida Rossiyaga tegishli harbiy samolyotlarni kuzatish uchun havoga ko‘tarildi. Bu haqda CBS News xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning ikkita Tu-95 va ikkita Su-35 uchog‘i Alyaska havo mudofaa identifikatsiya zonasiga kirgan. Ularni nazorat qilish maqsadida AQSH qo‘shinlari tomonidan E-3 radilokatsion samolyoti, to‘rtta F-16 qiruvchisi hamda to‘rtta KC-135 yoqilg‘i to‘ldiruvchi samolyoti parvoz qilgan.

Shimoliy Amerika kosmik-havo mudofaasi qo‘mondonligi bayonotida ta’kidlanishicha, operatsiya ortidan hech qanday kutilmagan voqea sodir bo‘lmagan va barcha uchoqlar reja asosida bazalariga qaytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika qiruvchilari Alyaska osmonida