date

Kanada pochtasi uylarga xat yetkazishni deyarli to‘xtatmoqda

Kanada pochtasi uylarga xat yetkazishni deyarli to‘xtatmoqda
Kanada pochtasi faoliyatida katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Mamlakat jamoat ishlari va xaridlar vaziri Joel Laytbaundning ma’lum qilishicha, pochtani uyma-uy yetkazib berish deyarli to‘liq to‘xtatiladi.

Vazir ta’kidlashicha, pochta xizmati moliyaviy jihatdan “ekzistensial inqiroz”ga yuz tutgan. Hozirda u kuniga taxminan 10 million Kanada dollari (7,2 million AQSH dollari) miqdorida zarar bilan ishlamoqda. Davlatning doimiy ko‘magi esa muammoni hal etolmaydi.

Islohotlar natijasida pochta yetkazish muddati o‘rtacha 3–4 kundan 3–7 kungacha uzayishi mumkin. Shuningdek, ayrim bo‘limlar yopiladi va taxminan to‘rt million kanadalik uyiga xat yetkazib olish imkoniyatisiz qoladi.

Shu munosabat bilan, Korxonalar faoliyatini tekshirish komissiyasi uylariga pochta yetkazilmaydigan aholi uchun jamoat joylarida qo‘shimcha pochta qutisi o‘rnatishni taklif qilgan. Bu o‘zgarishlar aholining kundalik turmushiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada pochtasi uylarga xat yetkazishni deyarli to‘xtatmoqda