date

Netanyaxu BMTda qattiq qarshilik va norozilikka duch keldi

Netanyaxu BMTda qattiq qarshilik va norozilikka duch keldi

Bugun, 26-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu chiqish qildi. Biroq uning nutqi kutilganidek tinch o‘tmadi, balki keskin munosabat va ochiq noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Assambleya zalidagi ko‘plab delegatsiyalar nutq boshlanishi bilanoq o‘z joylarini tashlab chiqib ketishdi. Shu bilan birga, qolganlar orasida uning nutqini hushtak va hayqiriqlar bilan bo‘lib turish holatlari kuzatildi. Bu esa anjuman tarixida yodda qoladigan noodatiy manzaralardan biriga aylandi.

Shunday og‘ir vaziyatda ham Benyamin Netanyaxu so‘zini to‘xtatmadi va o‘z fikrlarini bayon qilishda davom etdi. Uning aytishicha, G‘azo sektori butunlay xalqaro hamjamiyatga murojaat etish uchun ovoz kuchaytirgichlar bilan o‘ralgan hududga aylangan. Isroil bosh vaziri HAMAS jangarilarini qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi. Netanyaxuning ta’kidlashicha, Isroil bugun faqat o‘zinigina emas, balki Yevropa va Amerika kabi yirik mintaqalarni ham “darvozadagi varvarlardan” himoya qilayapti.

U, shuningdek, Falastin davlatligini rasman tan olgan mamlakatlarni antisemitizmda aybladi. Netanyaxuning tanqidiga ko‘ra, bir hafta ichida Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliya hukumatlari Falastinni davlat sifatida e’tirof etish haqida qaror qabul qilishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu BMTda qattiq qarshilik va norozilikka duch keldi