date

AQSH Hindistondan Rossiya neftidan voz kechishni talab qilmoqda

AQSH Hindistondan Rossiya neftidan voz kechishni talab qilmoqda

AQSH Hindiston bilan yangi savdo kelishuvi tuzish jarayonida asosiy shart sifatida Nyu-Dehlining Rossiya neftini xarid qilishini cheklash masalasini qo‘ygan.

Reuters xabaricha, muzokaralar davomida Vashington vakillari hind hamkasblariga tariflarni pasaytirish va savdo kelishuviga erishish uchun Rossiya neftini sotib olishni qisqartirish zarurligini ta’kidlagan.

Amerikalik rasmiylar muzokaralar samarali o‘tayotganini bildirishgan, ammo ularning fikricha, AQSH bozoriga kirish, savdo taqchilligi hamda Rossiyadan energiya yetkazib berilishini kamaytirish bo‘yicha yana qo‘shimcha ish olib borish talab etiladi.

Shu tariqa, Vashington yangi kelishuv orqali Hindistonni Rossiyadan uzoqlashtirishga va o‘z iqtisodiy manfaatlarini mustahkamlashga intilayotgani kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Hindistondan Rossiya neftidan voz kechishni talab qilmoqda