date

Hindistonda siyosiy mitingdagi tiqilinch 40 kishining umriga zomin bo‘ldi

Hindistonda siyosiy mitingdagi tiqilinch 40 kishining umriga zomin bo‘ldi
Hindistonning Tamilnadu shtatidan daxshatli xabar keldi. 27 sentyabr kuni kechqurun taniqli aktyor Vijay partiyasi tarafdorlari mitingi paytida yuz bergan tiqilinchda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 39 kishi vafot etgan, 50 dan ziyod inson turli tan jarohatlari olgan. Guvohlar aytishicha, tiqilinch sahna tomon harakat boshlanganda sodir bo‘lgan. Odamlar sarosimaga tushib, hushini yo‘qotgan, ayrimlari esa oyoq osti qilingan.

Qurbonlarning ko‘pchiligi ayollar va bolalar ekani aytilmoqda. Hukumat halok bo‘lganlar oilalariga bir million rupiy (11 ming dollar) kompensatsiya to‘lash va voqeani chuqur tekshirishga va’da berdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi voqeani “o‘ta qayg‘uli baxtsiz hodisa” deb atadi va jarohatlanganlarga shifo tiladi. Mamlakatda bunday holatlar tez-tez uchrab turadi — joriy yilning o‘zida turli bayram va sport tadbirlaridagi tiqilinchlar o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda siyosiy mitingdagi tiqilinch 40 kishining umriga zomin bo‘ldi