Indoneziya Rossiyaga qarshi emas, tinchlik uchun kuch yuborishini aytdi


Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto Ukrainaga tinchlikparvar missiyalarni bajarish uchun kontingent yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Vzglyad portali xabar berdi.
Prezidentning aytishicha, Ukrainaga 20 ming yoki undan ko‘p harbiy yuborish taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, u bu tashabbus Rossiyaga qarshi yo‘naltirilmaganini, asosiy maqsad tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish ekanini ta’kidladi.
Prabovo Subianto, shuningdek, Indoneziya o‘z harbiylarini turli mojarolar bo‘layotgan hududlarga, jumladan, G‘azo va boshqa mintaqalarga ham yo‘llashga tayyorligini qayd etdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…