date

Rossiya Zaporojedagi 17 qishloqqa zarba berdi

Rossiya Zaporojedagi 17 qishloqqa zarba berdi

So‘nggi bir sutka ichida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatida joylashgan 17 ta aholi manziliga qariyb 700 marta hujum uyushtirdi. Oqibatda 49 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati oldi.

Bu haqda Zaporoje harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fyodorov o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, rus qo‘shinlari Jeleznodoroje, Novoselivka, Uspenivka va Mala Tokmachka posyolkalariga o‘n marta havodan zarba bergan. Shuningdek, turli modeldagi 496 dron Novomykolaivka, Balabine, Kamyshevaka, Chervonoleskoye, Chervonodipov, Shcherbaki, Novodanilovka, Mala Tokmachka, Zelene va Charivne hududlariga yo‘naltirilgan.

Fyodorov ta’kidlashicha, uy-joylar, shaxsiy mulk hamda infratuzilma obyektlariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 396 ta murojaat qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Zaporojedagi 17 qishloqqa zarba berdi