date

Oq uy G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat yangi reja taklif qildi

Oq uy G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat yangi reja taklif qildi

Oq uy tomonidan e’lon qilingan 20 banddan iborat yangi rejada G‘azo sektorida vaqtinchalik tashqi boshqaruv tuzish taklif etilmoqda. Bu boshqaruv xalqaro ishtirokchilar va arab davlatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

AQSH prezidenti Donald Trampning rejasiga ko‘ra, garovdagi shaxslar ozod qilinishi evaziga harbiy harakatlar to‘xtatilishi va Isroil qo‘shinlari G‘azodan chiqarilishi lozim. Shu bilan birga, kelishuvdan so‘ng 72 soat ichida garovdagilarni ozod qilish muddati belgilangan.

Rejada, shuningdek, G‘azoda maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi va unda ishtirokchi davlatlar uchun imtiyozli shartlar yaratilishi nazarda tutilgan. XAMAS a’zolaridan tinch hayotni tanlaganlari uchun amnistiya berish masalasi ham kiritilgan.

Oq uy ta’kidlaganidek, taklifda Isroilning G‘azo sektoriga nisbatan anneksiya qilmasligi va to‘liq bosib olmasligi qat’iy ko‘rsatilgan. Rejaning maqsadi mintaqada barqarorlikni ta’minlash va mojaroni muzlatishdan iborat.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy G‘azo bo‘yicha 20 banddan iborat yangi reja taklif qildi