Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federasiya kengashi va Davlat dumasi, ikki palataning sohalar bo‘yicha qo‘mitalari rahbariyatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda parlament faoliyati yil yakunlari, keyingi yilga qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Rossiya liberal-demokratik partiya etakchisi Vladimir Jirinovskiy uchrashuvdagi chiqishida sobiq vatandoshlar tomonidan Rossiya fuqaroligi olinishi muammosiga e’tibor qaratdi.
"Biz o‘ziga vatandoshlarini qo‘ymaydigan yagona davlatmiz. Vengriyada va Isroilda etnik vengrlar, etnik yahudiylarga aeroportdayoq pasportlar topshiriladi. Ruslar, Rossiya esa o‘z fuqarolarini siqib chiqaradi. Hozirda bizda 200 mln fuqaro bo‘lardi, biroq migrasion xizmat sabotaj bilan shug‘ullanadi va ruslar 8 yil davlatimiz bo‘ylab yurib ham pasport ololmaydilar. Bu erda tartib o‘rnatish kerak", deb aytgan Jirinovskiy.
"Biz tuzatishlar, tuzatishlar kiritaveramiz. Bitta qonun qabul qilish kerak va zudlik bilan barcha davlatlardagi: Kievda, Toshkentda, Bokudagi ruslarga Rossiya pasporti berish kerak va o‘zimizda ularni qiynamaslik kerak", deb aytgan siyosatchi.
Putin bunday tuzatmalarga rozi ekanligini aytgan.
"Vladimir Volfovichning vatandoshlarimiz haqidagi so‘zlariga qo‘shilaman. Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirish kerak. Bunga roziman. Yagona muammo, odatdagidek, uy-joy, ish, ijtimoiy ta’minot va hududlar bo‘ylab taqsimlash bilan bog‘liq masalalardir. Siz o‘zingiz qishloqqa borilsa yaxshi bo‘lardi, deb aytdingiz. Biroq u erlarga bormaydilar, mana gap nimada, ular Moskvaga, Peterburgga boradilar. Mana muammo nimada. Bu oson ish emas, biroq juda to‘g‘ri va olijanob ishdir. Men bu bilan bor g‘ayrat bilan shug‘ullanish kerakligiga roziman", deb aytdi Putin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi