date

Ilon Maskning boyligi tarixda ilk bor 500 milliardga yetdi

Ilon Maskning boyligi tarixda ilk bor 500 milliardga yetdi

Amerikalik mashhur tadbirkor Ilon Mask moliya dunyosida yana bir rekordchiga aylandi. Forbes jurnali xabariga ko‘ra, uning boyligi ilk bor 500 milliard dollardan oshdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sharqiy vaqt bilan 15:30 da Tesla va SpaceX rahbari, Neuralink asoschisi hamda X ijtimoiy tarmog‘i egasi bo‘lgan Maskning umumiy boyligi 500 milliard dollarlik chegarani ortda qoldirdi. 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:15 da esa bu ko‘rsatkich 500,5 milliard dollarga yetdi.

Forbes tahlilida qayd etilishicha, Maskning shunday yuqori natijaga erishishi uning davlat lavozimini tark etib, butun diqqatini biznes loyihalariga qaratgani bilan bog‘liq.

Hozirda Mask Forbes milliarderlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turibdi. Undan keyin Oracle korporatsiyasi rahbari Larri Ellison (351,6 milliard dollar), Meta asoschisi Mark Sukerberg (246,1 milliard dollar), Amazon asoschisi Jeff Bezos (233,2 milliard dollar) va Google asoschisi Larri Peyj (204,6 milliard dollar) joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord ham Maskka tegishli edi — o‘tgan yil dekabr oyida u 400 milliard dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan birinchi shaxs sifatida tarixga kirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning boyligi tarixda ilk bor 500 milliardga yetdi