Filippinning Sebu orolida 30-sentabr kuni kechqurun 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Hodisada kamida 72 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq odam jarohat oldi. Ko‘plab uylar, cherkovlar va yo‘llar zarar ko‘rdi.
Zilzila oqibatida 40 mingdan ortiq odam uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Aholi vaqtinchalik chodirlarda yoki ochiq havoda tunamoqda. Ayrimlar yomg‘irdan saqlanish uchun plastik paketlardan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Qutqaruvchilar vayronalar orasidan tirik qolganlarni qidirmoqda. Shu bilan birga, oziq-ovqat, ichimlik suvi va yoqilg‘i yetishmovchiligi katta muammo bo‘lib qolmoqda. Harbiylar ham yordam ishlariga jalb qilingan.
Sebu avval ham kuchli tabiiy ofatlardan aziyat chekkan hudud. Aholi hozir ham bir-biriga yordam berib, zilzila oqibatlarini yengishga harakat qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!