date

Rossiyada yoqilg‘i tanqisligi: Osiyo va Belarusdan benzin importi ortmoqda

Rossiyada yoqilg‘i tanqisligi: Osiyo va Belarusdan benzin importi ortmoqda

Rossiya hukumati eng yirik neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumidan keyin mamlakatdagi yoqilg‘i tanqisligini kompensatsiya qilish maqsadida Xitoy va Osiyoning boshqa mamlakatlaridan benzin importini boshlash bo‘yicha chora-tadbirlar paketini tayyorladi.

«Kommersant»ning xabar berishicha, Moskva XXRdan tashqari, Janubiy Koreya va Singapurdan ham benzin sotib olishni mo‘ljallamoqda. Benzin importi uchun Uzoq Sharqdagi ayrim nazorat-o‘tkazish punktlari orqali keltiriladigan yoqilg‘iga import bojlarini nollashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali importyorlarga jahon va ichki bozor narxlari o‘rtasidagi farq davlat tomonidan qoplanadi.

Osiyodan benzinni yetkazib berishni uchta kompaniya amalga oshiradi — «Rosneft», Mustaqil Neftgaz Kompaniyasi (NNK) va «Sanoat xomashyosi importi» davlat tashqi iqtisodiy birlashmasi. Ushbu kompaniyalar har oyda Sibirdagi neftni qayta ishlash zavodlaridan 150 ming tonna benzinni Rossiya Federatsiyasining markaziy qismlariga yo‘naltiradi.

Shuningdek, hukumat Belarusdan benzin importini ko‘paytirish va neft zavodlari tomonidan monometilanilin (MMA) ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beruvchi oktanni oshiruvchi qo‘shimchadan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni rejalashtirmoqda. MMA qo‘shimchasi yuqori toksikligi va onkologik xavfi tufayli dunyoning aksariyat mamlakatlarida taqiqlangan, Rossiyada esa 2016-yilgacha qo‘llanilgan.

Sentyabr oyi oxiriga kelib, mamlakatda neftni qayta ishlash zavodlarining 38 foizi (kuniga 338 ming tonna) ishlamay qoldi. Bu holatning asosiy sababi Ukrainaning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llagan dronlar hujumlaridir, buning oqibatida esa 20 dan ortiq yirik neft zavodlariga zarba berilgan.

Mazkur vaziyat Rossiyadagi yoqilg‘i-energetika majmuasining ishlashiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Saxalin va Kuril orollaridan Nijniy Novgorod viloyati va Qrimgacha bo‘lgan hududlar yoqilg‘i tanqisligiga duch kelgan. Bu hududlarda benzin sotishga limit qo‘yilgan, har bir odamga 30 litrdan ortiq benzin sotish taqiqlangan.

Hukumat Osiyo va Belarusdan benzin importini ko‘paytirish va neftni qayta ishlash zavodlariga qo‘yiladigan ekologik talablarni kamaytirish orqali ichki bozorga har oyda qo‘shimcha 350 ming tonna benzin va 100 ming tonna dizel yoqilg‘isini yo‘naltirish imkoniyatini ko‘zlamoqda. Shunga qaramay, neft mahsulotlari uchun yuklangan chegaralar va yangi importga oid choralar nafaqat ichki bozorni, balki global yoqilg‘i savdosini ham o‘zida mujassamlashtiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yoqilg‘i tanqisligi: Osiyo va Belarusdan benzin importi ortmoqda