Rossiya aholisining katta qismi mamlakat rahbari Vladimir Putinga ishonch bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, har o‘n rossiyalikning sakkiz nafari — ya’ni 79,1 foizi — prezidentga ishonadi.
Shuningdek, ishtirokchilarning 75,4 foizi Putinning olib borayotgan siyosati va faoliyatini ma’qullagan. Faqatgina 16 foiz respondent uni ishonchli deb hisoblamaydi, 14,6 foizi esa uning ishini salbiy baholagan.
So‘rov natijalarida Rossiya hukumatiga ham munosabat aniqlangan — javob berganlarning 47,9 foizi hukumat faoliyatini ma’qullasa, 20 foizi unga tanqidiy qarash bildirgan.
Bosh vazir Mixail Mishustinga nisbatan ishonch darajasi ham yuqori bo‘lib, aholining 60,1 foizi uni qo‘llab-quvvatlaydi, 19,7 foizi esa aksincha fikr bildirgan.
Manba: RIA Novosti
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!