date

Tramp Netanyahuga beadab gapirib, rejani «g‘alaba» deb atadi

Tramp Netanyahuga beadab gapirib, rejani «g‘alaba» deb atadi

AQSH nashri Axios manbasiga tayanib xabar berishicha, Prezident Donald Tramp G‘azo bo‘yicha o‘z tinchlik tashabbusi atrofidagi jarayon «muvaffaqiyatli ketayapti» degan ishonchni singdirish maqsadida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qo‘ng‘iroq vaqtida beadab iboralar ishlatgan.

3 oktyabr kuni HAMAS vakillari Tramp rejasiga nisbatan ijobiy munosabat bildirgani aytilganidan so‘ng, Oq uy rahbari buni «yaxshi yangilik» sifatida baholab, «Bibi»ga (Netanyahu) darhol telefon qilgani iddao qilinmoqda. Ammo Isroil bosh vaziri ushbu javobni «bayram qilishga sabab emas» deya ta’riflagan, deb yozadi Axios.

Manba qayd etishicha, aynan shu javob Trampni jahli chiqishiga olib kelgan: «Bilmadim, nima uchun sen doim shunday yaramas negativchisan. Bu — g‘alaba, uni qabul qil», deya AQSH prezidenti keskin tonda mulohaza bildirgani aytiladi.

Siyosiy sharhlovchilarning fikricha, bu tortishuv Trampning shaxsan o‘z rejasiga qay darajada jiddiy yondashayotgani va undan katta umid kutayotganini ko‘rsatadi. Shu tariqa Vashington — Tel-Aviv o‘rtasidagi qator murakkab masalalar safida G‘azo bo‘yicha muzokaralarning ham yuklama va bosimi oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning G‘azo haqidagi 20 banddan iborat tinchlik rejasi 29 sentyabr kuni Vashingtonda Netanyahu bilan uchrashuv asnosida e’lon qilingan edi. Hujjatda barcha isroillik garovdagi shaxslarni ozod qilish, HAMASning taslim bo‘lishi, anklavga insonparvarlik yordami kiritilishi va G‘azoni muvaqqat xalqaro nazorat ostidagi ma’muriyat boshqaruviga o‘tkazish kabi qadamlar nazarda tutilgan.

Tomonlar bu masala yuzasidan hali ham keskin farqlanuvchi yondashuvlarni saqlab qolganiga qaramay, amerikalik rasmiylar reja bo‘yicha «harakatlar davom etayotgani»ni ta’kidlamoqda. Isroil tomoni esa xavfsizlik nuqtayi nazaridan ehtiyotkor pozitsiyani ushlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Netanyahuga beadab gapirib, rejani «g‘alaba» deb atadi