date

Rossiyada yoqilg‘i navbatlari kundan-kun ortmoqda

Rossiyada yoqilg‘i navbatlari kundan-kun ortmoqda
Rossiyada oxirgi haftalarda benzin tanqisligi kuchaydi. Mamlakatning ko‘plab hududlarida avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar yuzaga kelgan, ayrim joylarda esa yoqilg‘i umuman mavjud emas.

Reuters agentligi yozishicha, bu holatning asosiy sababi — Ukraina dronlarining neftni qayta ishlash zavodlariga qilgan hujumlaridir. Hujumlar oqibatida kamida yettita zavod ishini to‘xtatgan va bu ishlab chiqarish hajmining kamayishiga hamda ichki bozorda yoqilg‘i tanqisligiga sabab bo‘lgan.

Rossiya hukumati ichki ta’minotni ta’minlash uchun benzin eksportiga vaqtincha taqiq joriy etdi. Ammo bu choralar ham benzin yetishmovchiligini bartaraf eta olmadi. Ayniqsa mustaqil AYOQSHlar yopilib, faoliyatni to‘xtatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AI-92 markali benzin narxi rekord darajaga — tonnasi 73 200 rublga yetdi. Qrimda esa narxlar muzlatilib, benzin sotish cheklangan: haydovchilarga bir martada 20 litrdan ortiq yoqilg‘i berilmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yoqilg‘i navbatlari kundan-kun ortmoqda