
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiyada haqiqiy rahbar yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Emmanuel Makron mamlakat manfaatlaridan ko‘ra Kiyev va G‘arbning talablariga ko‘proq ahamiyat qaratmoqda.
Medvedev bu fikrni Fransiya bosh vaziri Sebasten Lekornunning iste’fosi ortidan bildirgan. Yangi hukumat faqat 14 soat faoliyat ko‘rsatgani ma’lum qilindi.
Telegram orqali tarqatilgan bayonotida Medvedev shunday yozdi:
“Fransiyada prezident yo‘q. Davlat Kiyevning himoyachisi, Germaniya va Britaniyaning hamkori, Afrikada esa neokolonial hukmdor sifatida chiqmoqda”.
Ma’lumot uchun, Lekornu 9 sentyabrda tayinlangan, ammo yaqinda iste’foga chiqdi. Hozir Fransiyada siyosiy beqarorlik kuchaygan, davlat sarflari qisqarmoqda va ijtimoiy islohotlarga qarshi noroziliklar avj olgan. 2 oktyabr kuni 200 dan ortiq shaharda namoyishlar bo‘lib o‘tgan, shu sababli Eyfel minora ham vaqtincha yopilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.