date

Rossiya hujumi Ukrainadagi ko‘mir zavodini ishdan chiqardi

Rossiya hujumi Ukrainadagi ko‘mir zavodini ishdan chiqardi

Qish fasli yaqinlashar ekan, Ukraina energetika tizimi yana bir og‘ir zarbaga duch keldi. Rossiya qo‘shinlari "DTEK Energo" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan ko‘mir boyitish zavodiga navbatdagi hujumni amalga oshirdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Hujum oqibatida korxonada yong‘in kelib chiqqan, binolarning ayrim qismi vayron bo‘lgan va texnologik jihozlar jiddiy shikastlangan. Xodimlar o‘z vaqtida boshpanaga kirishgani sababli qurbonlar qayd etilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi olti hafta ichida zavodga qilingan uchinchi yirik hujum hisoblanadi. Ilgari bunday zarbalar 26 avgust va 8 sentyabr kunlari amalga oshirilgan edi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, front chizig‘i yaqinlashib kelayotgani va xodimlar xavfsizligiga tahdid tug‘ilgani sababli, Ukraina issiqlik elektr stansiyalarini ko‘mir bilan ta’minlab turgan zavod faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.

Hozirgi paytda korxona ishlab chiqarish quvvatini to‘liq yo‘qotgan, asosiy uskunalar esa yaroqsiz holatga kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya hujumi Ukrainadagi ko‘mir zavodini ishdan chiqardi