25 dekabr kuni Nursulton Nazarboyev Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Avvalroq, xabar berganimizdek, Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyev 25 dekabr kuni “Biokad” farmasevtika zavodi laboratoriyasini va Sankt-Peterburgdagi “Diakont” zavodidagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatishdi.
Bugun, 26 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sank-Peterburg shahriga tashrifi chog‘ida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan yana uchrashuv o‘tkazadi.
Shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Evroosiyo oliy iqtsodiy kengashining (EOIK) sessiyasida ishtirok etadi. Ushbu sessiyada Evroosiyo oliy iqtisodiy kengashining mahsulot va xizmatlarning yagona bozorini shakllantirish jarayonini davom ettirishga oid bir nechta hujjatlar imzolanadi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.
Sammitning markaziy voqeasi Evroosiyo oliy iqtsodiy kengashining “Bojxona to‘g‘risida”gi shartnomasining imzolanishi bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, EOIK – xalqaro iqtisodiy birlashma bo‘lib, Yagona iqtisodiy maydon va faoliyat hamda Bojxona kengashi asosida 2015 yil 1 yanvardan o‘z ish faoliyatini boshlagan. Ayni paytda bu tashkilotga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘isizton davlatlari a’zo bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi