AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Hamas o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki bosqich kelishilganini ma’lum qildi. Muzokaralar Misrda o‘tgan va tomonlar Trampning 20 bandlik tinchlik rejasining birinchi qismini ma’qullagan.
Rejaga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoning yarmiga yaqin hududdan chekinadi. Hamas 20 nafar garovni ozod qiladi, Isroil esa 250 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yuboradi. Shuningdek, G‘azoga gumanitar yordam yuk mashinalari orqali yetkaziladi.
Keyingi bosqichda G‘azo qurolsizlantiriladi va vaqtincha falastinlik mutaxassislar boshqaradi. Bu jarayonni Donald Tramp rahbarligidagi kengash nazorat qiladi.
Biroq ayrim masalalarda tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda. Hamas qurol topshirish shartiga rozi emas, Isroil esa Falastin ma’muriyatining ishtirokini xohlamayapti. Shu bilan birga, bu kelishuv tinchlik sari muhim qadam sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!