date

Italiyada ayol 105 yoshini ish joyida nishonladi

Italiyada ayol 105 yoshini ish joyida nishonladi

Italiyalik Letisiya Gallini 105 yoshini hamkasblari bilan birga ish joyida nishonladi. Uning tug‘ilgan kunidan lavha jamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi — video 24 soat ichida 1,5 million marta ko‘rildi.

Letisiya Brunate shahridagi poyabzal fabrikasida 70 yildan ziyod mehnat qilgan. Korxonaga uning otasi 1926 yilda asos solgan va u hatto Ikkinchi jahon urushi davrida ham ishlab chiqarishni to‘xtatmagan.

Tug‘ilgan kunida ham Letisiya odatdagidek ofisida edi. Hamkasblari uning yuz yillik to‘yini unutilmas xotiraga aylantirish uchun bayram uyushtirishdi. “Bizning rahbarimiz Letisiya Gallini 105 yoshga to‘ldi — va u hali ham yoshdek faol!”, — deb yozgan kompaniya videoga izoh sifatida.

Qiziq, bir necha oy avval AQSHda ham 105 yoshli ayol tug‘ilgan kunini golf maydonida nishonlab, sport bilan yarim asrdan buyon shug‘ullanishini aytgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada ayol 105 yoshini ish joyida nishonladi