date

Tinchlik bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Trampga nasib qildimi?

Tinchlik bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Trampga nasib qildimi?
Tinchlik bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Venesuelaning muxolif siyosatchisi Mariya Korina Machadoga topshirildi, deb Norvegiya Nobel qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ushbu mukofot unga «Venesuela xalqi uchun demokratik huquqlarni ilgari surishdagi tinimsiz mehnati va diktaturadan demokratiyaga adolatli hamda tinch o‘tish uchun olib borgan kurashi» uchun berildi.
Qo‘mita uni Lotin Amerikasidagi fuqarolik jasoratining yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etdi.

Mariya Machado so‘nggi yillarda mamlakat muxolifatini birlashtira olgan, erkin saylovlar va vakillik hukumatini talab qilishda yagona maydon yaratgan shaxs sifatida ko‘rsatildi.
Bu harakatlar demokratiyaning tamal toshlaridan biri sifatida baholandi.
Nobel qo‘mitasi uning faoliyatini tinch kurash va siyosiy jasorat simvoli sifatida qadrladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp ham bir necha bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga o‘z nomzodini ilgari surgan edi.
Biroq bu yilgi mukofot fuqarolik kurashi va demokratik harakatlarga qaratildi.
Qo‘mita tarixan zulmga qarshi kurashgan va umidni yo‘qotmagan shaxslarni taqdirlab kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tinchlik bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Trampga nasib qildimi?