Makronning juda qattiq jahli chiqqan

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir tayinlovi bo‘yicha siyosiy partiyalar bilan kelishuvga erisha olmasa, milliy parlamentni tarqatib yuborishga tayyor. Bu haqda Le Parisien nashri mamlakat ekologiya vaziri Panye-Ryunashega tayanib xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining juda qattiq jahli chiqqan. Uning aytishicha, Makron bosh vazir lavozimiga yana Sebastyen Lekornyu nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Agar bu reja amalga oshmasa, prezident parlamentni tarqatish qarorini qabul qilishi mumkin.
«Prezidentda “B reja” yo‘q. U vaziyatdan chiqish yo‘lini aynan shu usulda ko‘ryapti», — dedi Panye-Ryunashe.
Eslatib o‘tamiz, Lekornyu bir oy ham faoliyat yuritmagan holda Fransiya bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqan edi.






























Izohlar 0
…