date

“Sputnik Ozarboyjon” rahbari hibsdan chiqdi: Kreml va Bok-u kelishib oldimi?

“Sputnik Ozarboyjon” rahbari hibsdan chiqdi: Kreml va Bok-u kelishib oldimi?

Rossiya davlat axborot agentligiga qarashli “Sputnik Ozarboyjon” ijrochi direktori Igor Kartavix hibsdan uy qamogʻiga oʻtkazildi. Bu haqda “Kommersant” nashri Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov bayonotiga tayanib xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bokuda 1 iyul kuni hibsga olingan Kartavixni ozod qilish haqidagi qaror 9 oktyabr kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan Vladimir Putin va Ilhom Aliyev uchrashuvi oldidan qabul qilingan. Ushakovning aytishicha, masala ozarboyjonlik hamkasbi Hikmet Gajiev bilan bevosita muhokama qilingan.

“Rossiya segodnya” media guruhi rahbari Dmitriy Kiselyovning soʻzlariga koʻra, Kartavix hozir Bokuda uy qamogʻida boʻladi. Rossiya TIV vakillari allaqachon unga tashrif buyurgan. Bu haqda TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.

Shu bilan birga, “Sputnik Ozarboyjon” bosh muharriri Evgeniy Belousov hanuz tergov hibsxonasida qolmoqda.

Kartavix ozod etilganidan soʻng koʻp oʻtmay, yana bir rezonans ish yuz berdi: Moskva Satira teatrining sobiq rahbari Mamedali Agayev ham hibsdan uy qamogʻiga oʻtkazildi. U avgust oyida 20 million rubl mablagʻni oʻzlashtirish ayblovi bilan qoʻlga olingandi.

RBK manbasi maʼlumoticha, 9 oktyabr kuni Moskvadagi Tagansk sudi Agayev ishini koʻrib chiqib, uni uy qamogʻida qoldirish haqida qaror qabul qilgan.

Kuzatuvchilar fikricha, Kartavixning ozod qilinishi Moskva va Boku oʻrtasidagi muzokaralar fonida muhim diplomatik qadam boʻlishi mumkin. Bu holat ikki davlat munosabatlarida yangi yumshash davri boshlanganini koʻrsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Sputnik Ozarboyjon” rahbari hibsdan chiqdi: Kreml va Bok-u kelishib oldimi?