Yaqin kunlarda Xitoyning AQSH bilan yangi savdo urushiga kirish niyati bor-yo‘qligi ma’lum bo‘ladi, deb xabar berdi AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Trampning Pekinga nisbatan savdo sohasidagi bosim vositalari ancha kuchliroq. Shu bilan birga, vitse-prezident ta’kidlaganidek, agar Xitoy masalaga oqilona yondashsa, Vashington muzokaralarni mantiqiy va pragmatik asosda davom ettirishga tayyor.
Avvalroq Xitoy Savdo vazirligi AQSHning yangi boj choralariga keskin e’tiroz bildirgan va buni “ikkiyoqlama standartlarning yaqqol namunasi” deb atagan edi.
Mutaxassislar fikricha, yaqin haftalarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar kelgusidagi iqtisodiy siyosat yo‘nalishini belgilab berishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar