date

Xitoy Tibetdagi “megatoʻgʻon” qurilishi bilan bahs markazida

Xitoy Tibetdagi “megatoʻgʻon” qurilishi bilan bahs markazida

Xitoy rasmiylari Tibet hududida joylashgan Yarlung-Tsangpo daryosi kanyonida “Medog” nomli ulkan gidroelektrostansiya qurilishini boshladi. Bu haqida Foreign Policy nashri maʼlum qildi.

Ekolog Ven Tsyabaoning taʼkidlashicha, qurilish jarayoni katta maxfiylik sharoitida olib borilmoqda. Uning soʻzlariga koʻra, bu loyiha mintaqadagi noyob oʻsimlik va hayvonot turlari uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Janubiy Osiyo boʻyicha ekspert Niraj Singh Manxas esa bu harakatni geosiyosiy jihatdan xavfli deb baholadi. Uning fikricha, Xitoyning Brahmaputra (Yarlung-Tsangpo) daryosining boshlanish nuqtasi ustidan nazorat oʻrnatishi Hindiston va Bangladeshga nisbatan suv siyosatida ustunlik berishi mumkin.

Mutaxassislar “Medog” toʻgʻonini mintaqadagi suv balansi va iqlim tizimi uchun jiddiy xavf deb hisoblamoqda. Ular taʼkidlaganidek, bu miqyosdagi qurilish ekologik va ijtimoiy taʼsirni toʻliq oʻrganmasdan amalga oshirilayotgani mintaqada ekologik tanglikni kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Baʼzi xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, bu “megatoʻgʻon” Xitoyning energetika sohasidagi navbatdagi katta loyihasi boʻlishi bilan birga, qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarda yangi muvozanat nuqtasini belgilashi mumkin.

Ekologlar esa, aksincha, tabiatga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar hisobga olinmagan holdagi bunday qurilish loyihalari mintaqaviy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Tibetdagi “megatoʻgʻon” qurilishi bilan bahs markazida